Nashr etilgan: 26 iyun, 2019
Joriy yilning 25 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ipoteka-bank» aktsiyadorlik tijorat ipoteka bankini oʼzgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi 523-sonli Qarori qabul qilindi.
Аmalga oshirilayotgan islohotlar doirasida '‘Ipoteka-bank” АKIB tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda bankning korporativ boshqaruv samaradorligini va investitsion jozibadorligini oshirishga, shuningdek, Ipoteka-bank ustav kapitaliga XMK kreditlari va investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlarini ishlab chiqishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirildi.
XMKning aktsiyadorlar tarkibiga kiritilishi mumkinligi, shuningdek, Ipoteka-bankni oʼzgartirish jarayoni bank faoliyatini moliyaviy natijadorlikni oshirishga va ilgʼor xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda zamonaviy biznes-modelni joriy etishga qayta yoʼnaltirishni nazarda tutadi.
Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 523-sonli Qarori