Nashr etilgan: 22 may, 2019
2019 yilning 20 mayida ATIB "Ipoteka-bank" tomonidan 417,2 mlrd.so'mlik 17-qo'shimcha aksiyalari chiqarildi. Aksiyalar joylashtirilgandan keyin bankning ustav kapitali 1 402,8 mlrd.so'mni tashkil etdi.
Qo'shimcha aksiyalarni joylashtirish to'g'risidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan 19.04.2019 sanada № Р0775-17-raqam bilan ro'yxatga olindi.
Qimmatli qog'ozlarni chiqarish shartlariga muvofiq, aksiyalar O'zbekiston Respublikasi Rekonstruktsiya va taraqqiyot fondi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladi.