Nashr etilgan: 19 mart, 2020
"Ipoteka bank” ATIB xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri bo’lgan Navro’z – yangilanish va yosharish bayrami munosabati bilan ipoteka krediti bo’iyicha o’zining bayram oldi aksiyasini e`lon qiladi.
Aksiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF- 5886-sonli Farmoniga asosan bank tomonidan joriy etilgan shaharlarda “Oson ipoteka” krediti hizmatiga tadbiq etiladi.
Endilikda, aksiya doirasida Toshkent shahrida qurilgan birlamchi bozordagi turar-joy binolaridan honadonlar sotib olish uchun yillik 20 foiz stavkasida;
Qoraqalpog’iston va viloyat shahar joylarida qurilgan birlamchi bozordagi turar-joy binolaridan honadonlar sotib olish uchun yillik 19 foiz stavkasida ipoteka kreditlarini taklif etadi.
Mazkur aksiya joriy yilning 1 may sanasigacha amal qiladi.