Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka bank OTP Group innovatsiyalarni faol joriy etmoqda

Nashr etilgan: 18 fevral, 2025

Ipoteka bank OTP Group Jizzax viloyatida zamonaviy ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida innovatsiyalarni faol joriy etmoqda.

Ushbu loyiha doirasida bank viloyatdagi maktablarga o‘quv jarayoniga eng yangi raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida 80 dan ortiq zamonaviy «Lenovo» noutbuklarini topshirdi. Bu nafaqat ta’lim resurslariga kirishni yaxshilaydi, balki o‘quvchilar va o‘qituvchilarga elektron darsliklar, interaktiv platformalar va onlayn kurslar kabi zamonaviy o‘qitish metodikalaridan foydalanish imkonini beradi.

Aytish kerakki, zamonaviy axborot texnologiyalari ta’limning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi va Ipoteka bank OTP Group Jizzax viloyati o‘quvchilariga raqamli ta’limda faol ishtirok etish imkoniyatlarini taqdim etishga intilmoqda. Hamkorlikning bunday usuli ta’limni yanada qulay, interaktiv va interaktiv va samarali qiladi.

«Biz innovatsion texnologiyalar - ta’lim sifatini yaxshilashning kaliti ekanligiga ishonamiz. Topshirilgan noutbuklar o‘quvchilarga nafaqat dunyoqarashni kengaytirish, balki raqamli davrning chaqiruvlariga tayyorlanish imkonini beradi», — dedi Ipoteka bank OTP Group Jizzax viloyati filiali boshqaruvchisi Ulug’bek Xolmatov.

Ushbu loyiha bankning ta’lim sohasidagi innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli strategiyasining bir qismidir, bu esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim sifatini yaxshilash va viloyat yoshlari o‘rtasida raqamli savodxonlikni oshirish uchun faol foydalanish imkonini beradi.

Ipoteka bank OTP Group nafaqat innovatsion ta’lim jarayonini rivojlantirishga ko’maklashmoqda, balki Jizzax viloyatida moliyaviy xizmatlarni ham kengaytirmoqda. Bank o‘zining ish haqi loyihalari doirasida hozirda davlat va xususiy tashkilotlarning 36 000 dan ortiq xodimlariga xizmat ko‘rsatmoqda va quyidagi foydali mahsulotlarni taklif etmoqda:
∙ yillik stavkasi 24% dagi mikroqarzlar
∙ 17,5% dan boshlab ipoteka kreditlari
∙ 23,5% gacha daromadli depozitlar
∙ butun dunyoda to‘lovlar uchun komissiyasiz xalqaro bank kartalari

Ipoteka bank OTP Group yangiliklarini kuzatib boring –biz mintaqamizdagi odamlar hayotini yanada yengillashtirish uchun xizmat qilamiz.