“IMKON-SUG’URTA” MChJ sug'urta tashkilotiga faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya berildi
Nashr etilgan: 23 avgust, 2019
Xabaringiz bor, Ipoteka-bank ATIB Kengashining 2019 yil 6 apreldagi 21-sonli qaroriga asosan 9 aprelda “IMKON-SUG’URTA” MChJ sug'urta tashkiloti ro'yxatdan o'tkazilgan edi.
2019 yilning 16 avgust kuni “IMKON-SUG’URTA” MChJ sug'urta tashkilotiga O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sug'urta faoliyatini amalga oshirish bo'yicha tegishli litsenziya berildi.
Endilikda, “IMKON-SUG’URTA” MChJ sug'urta tashkiloti o'z faoliyatini to'la qonli boshlaydi hamda aholi va xo'jalik yurutuvchi sub'etklarga 17 turdagi sug'urta xizmatlarini ko'rsatadi.