Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

IFC «Ipoteka-bank» АTIBga Oʼzbekistonda eksport va importni qoʼllab-quvvatlash uchun savdoni moliyalashtirish liniyasini taqdim etmoqda.

Nashr etilgan: 4 iyun, 2020

Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) mamlakatlar iqtisodiyotini COVID-19 pandemiyasi taʼsiridan himoya qilish maqsadida, «Ipoteka-bank» АTIBga eksport va import faoliyati bilan shugʼullanuvchi mahalliy tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash uchun 10 million АQSh dollar miqdorida savdoni moliyalashtirish liniyasini taqdim etmoqda.

Shu tariqa Ipoteka-bank IFCning Savdoni moliyalashtirish boʼyicha global dasturi (GTFP)da ishtirok etuvchi uchinchi oʼzbek bankiga aylandi. 

 Ipoteka-bank bu orqali mahalliy import va eksport qiluvchilarni, ayniqsa COVID-19 pandemiyasi tufayli tovarlarni harakatlanishi cheklangan hozirgi qaltis vaziyatda qoʼllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʼladi, - deb taʼkidladi «Ipoteka-bank» АTIB Boshqaruvi Raisi Аtabaev Shuxrat Xoldorovich. 
Shu bilan birga bankning savdo-moliyaviy operatsiyalarining kengayishi mijozlarimizni mintaqaviy va xalqaro savdo oqimlariga integratsiya qilish hamda Oʼzbekiston va boshqa davlatlar oʼrtasida savdo hajmini koʼpaytirish imkonini beradi. 

IFCning Markaziy Osiyo boʼyicha mintaqaviy menedjeri Kassandra Kolbert taʼkidlashicha, xususiy sektorni qoʼllab-quvvatlash hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiy barqarorlikni tiklash va ish oʼrinlarini saqlab qolish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. «Ipoteka-bank» АTIBga savdoni moliyalashtirish liniyasining taqdim etilishi unga import qiluvchilar, distribyuterlar va oʼzbek mahsulotlari eksportchilarini qoʼllab-quvvatlash imkonini berib, iqtisodiy oʼsish va rivojlanishning asosiy omili boʼlgan savdo sektorini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

IFCning umumiy qiymati 5 mlrd. АQSh dollariga teng Savdoni moliyalashtirish boʼyicha global dasturi rivojlanayotgan bozorlarda banklarning savdo majburiyatlari boʼyicha kafolatlar taqdim etish orqali tavakkalchiliklarni kamaytirishga yordam beradi. Dastur 2005 yilda yoʼlga qoʼyilgandan buyon IFC savdo operatsiyalarini moliyalashtirish boʼyicha 63 000 dan ortiq kafolatlar chiqarib, turli sektorlar, jumladan, infratuzilma, qishloq xoʼjaligi sektori, sogʼliqni saqlash va boshqa koʼplab sohalarni rivojlantirishga koʼmaklashdi. IFCning savdoni rivojlantirish boʼyicha faoliyati doirasida dunyoning 90 dan ziyod davlatlarida qiymati 180 mlrd. АQSh dollaridan ortiq boʼlgan savdo operatsiyalari qoʼllab-quvvatlandi. 

IFC tomonidan GTFP dasturi doirasida taqdim etiladigan individual kafolatlar aniq bir tranzaktsiyaga bogʼliq boʼlib, akkreditivlar, savdo bilan bogʼliq boʼlgan veksellar, qabul qilingan veksellar, kafolatlar, arizaga ega boʼlgan va ijro etilgan obligatsiyalar hamda avans toʼlovlarining kafolatlari kabi asosiy vositalar bilan mustahkamlanishi mumkin. Kafolatlar xususiy sektordagi IFCning mezonlariga mos keladigan barcha savdo bitimlarini qoʼllab-quvvatlash uchun taqdim etilishi mumkin. 


IFC toʼgʼrisida
Jahon bankining shoʼba tashkiloti boʼlgan va uning Guruhiga kiruvchi IFC rivojlanishga koʼmak koʼrsatuvchi eng yirik global muassasa hisoblanib, bozor shakllanayotgan mamlakatlarda xususiy sektor bilan ishlashga ixtisoslashadi. 
Biz 100 dan ortiq davlatlarda faoliyat yuritamiz va rivojlanayotgan mamlakatlarda yangi bozor va imkoniyatlarni yaratish uchun oʼz kapital, ekspert bilimlar hamda taʼsirimizdan foydalanamiz. 
2019 moliyaviy yilda IFC rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy kompaniyalar va moliya institutlariga qiymati 19 milliard АQSh dollaridan ortiq boʼlgan investitsiyalar kiritib, oʼta kambagʼallikka barham berish va umumiy farovonlikni jadal oshirish maqsadida xususiy sektorning ulkan salohiyatidan samarali foydalandi. Batafsil maʼlumotlarni olish uchun www.ifc.org veb-saytiga tashrif buyuring. 

 «Ipoteka-bank» АTIB toʼgʼrisida
«Ipoteka-bank» АTIB ipoteka krediti va uy-joy qurilishini moliyalashtirish, savdoni moliyalashtirish sohalarida boy tajribaga ega moliyaviy institut hisoblanadi. Bundan tashqari, «Ipoteka-bank» АTIB 39 ta filialdan iborat boʼlgan yaxshi rivojlangan tarmoq orqali keng turdagi barcha bank xizmatlarini koʼrsatuvchi yirik va universal bank boʼlib, uning geografiyasi butun Oʼzbekistonni qamrab olgan. Batafsil maʼlumotlarni quyidagi havolalardan olishingiz mumkin: 
www.ipotekabank.uz
www.instagram.com/ipotekabank.uz
www.facebook.com/ipotekabankofficial
https://t.me/ipotekabankofficial

Аloqada boʼling
www.facebook.com/IFCwbg
www.twitter.com/IFC_org
www.youtube.com/IFCvideocasts
www.ifc.org/SocialMediaIndex
www.instagram.com\ifc_org