Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIB Markaziy Osiyoda HR-Central Asia Employer Brand Award 2019 tanlovida 3 yo‘nalish bo‘yicha taqdirlanib tengsiz deb topildi

Nashr etilgan: 19 noyabr, 2019

Joriy yil 15 noyabr kuni Toshkent shahrida Hyatt Regency Tashkent mexmonxonasida HR-Central Asia Employer Brand Award 2019 yillik taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu taqdimotda Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yaxshi ish beruvchilar o‘nlab yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirlandi. Bu yilgi tanlovda Markaziy Osiyoda faoliyat ko‘rsatayotgan Makro supermarketlar tarmog‘i, The Tower MMG, Lukoil, Beeline, Akfa, Ipoteka Bank, Sanoat Qurilish Bank kabi yirik tashkilotalar ishtirok etishdi.

“Ipoteka-bank” ATIB 3 ta yo‘nalish bo‘yicha taqdirlanib tengsiz deb topildi.


    

“Xayrli ishlar” nominatsiyasi bo‘yicha «Ipoteka-bank» ATIB 1-o‘rinni egalladi.

Ushbu nominatsiya g‘olibi xodimlarni ma’naviy yuksaltirish borasida xayriya ishlarini tashkil qilish, qiyin vaziyatlarga tushgan kishilarga yordam berish va jamiyatda insonlarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan kishilarga yordam qo‘lini cho‘zish kabi ishlarni jamoaviy amalga oshirish bo‘yicha aniqlandi


“Ish beruvchi imidji” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘ringa munosib deb topildi.

Mazkur nominatsiya ish beruvchining o‘z brendini yaratish va uni shakllanishiga qaratilgan bo‘lib, turli auditoriyalarni o‘zida jamlagan xolda bankga xodimlarni jalb etish, ularni sodiqligini orttirish orqali bank strategiyasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniqlandi.

 

“Yil kashfiyoti” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘ringa ega bo‘ldilar.

Galdagi nominatsiya aniq maqsadlarga ega xodimlarni topish va tayyorlash,   xodimlar ishtirokida treninglar o‘tkazish, jamoada ishchan, do‘stona muhitni vujudga keltirish, korporativ madaniyatni yaratish, shuningdek har bir xodimga induvidial yondashgan holda xodimlar motivatsiyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar bo‘yicha aniqlandi.   

Taqdimot tashkilotchilari bu kabi tadbirlar yil sayin kengayib borishiga hamda kadrlar sohasini rivojlanishida yangi ufqlarni ochishiga muhim zamin bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladilar.