Nashr etilgan: 1 iyun, 2020
“Ipoteka-bank” АTIB 2020 yilning 1 apreliga qadar jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit (overdraft, muammoli kreditlar bundan mustasno) toʼlovlari boʼyicha berilgan taʼtil muddatini yana ikki oy muddatga uzaytirilishini maʼlum qiladi.
Joriy yilning iyun–iyul oylariga toʼgʼri keladigan asosiy qarz toʼlovlari toʼlov jadvalining oxirgi 2 (ikki) oyiga taqsimlangan holda koʼchiriladi.
Taʼtil davrida kredit toʼlovlari hamda foizlarini oʼz vaqtida soʼndirilmaganligi uchun shartnomada belgilangan penya va jarima toʼlovlari hisoblanmaydi.
Аmmo bu foiz majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
Kredit toʼlovlarini toʼlash uchun bankning «Ipoteka mobile» ilovasi hamda boshqa mobil ilovalardan foydalanishingiz mumkin!
Qoʼshimcha maʼlumot uchun: 78-150-11-22