Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka bank OTP Group Respublika tez tibbiy yordam markaziga homiylik yordamini ko‘rsatdi

Nashr etilgan: 20 mart, 2025

Bugungi kunda bank ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlik aloqalari doirasidagi tashkilotlar faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda.  

Joriy yilning 20 mart sanasida tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoluvchi hodisa: sog‘liqni saqlash tizimiga 10 ta BYD Seagull rusumidagi yengil avtomobillarini tantanali topshirish  marosimi o‘tkazildi. Unda bank va Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqaruvi rahbariyatlari, tarkibiy tuzilmalar mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  
  
Tadbirni sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov ochib berdi va o‘z nutqida: “Zamonaviy tibbiyot doimiy o‘zgarishlar va yuksalishlarsiz rivojlana olmaydi. Bu hodisa – xususiy sektor va davlat idoralarining bir maqsad yo‘lida birlashishiga yaqqol misol bo‘la oladi.Ushbu avtomobillar tez yordam xizmati faoliyatini keskin rivojlanishiga, shu orqali  hamyurtlarimiz umrini saqlab qolishga yordam beradi. Biz yonimizda shunday hamkorlarimiz borligidan faxrlanamiz va munosabatlarimiz yanada takomillashishiga ishonamiz”.  

Katta hayajon bilan so‘zga chiqqan, Ipoteka bank OTP Group Boshqaruvi Raisi Sandro Rtveladze ushbu so‘zlarga qo‘shimcha qildi: “Biz uchun ushbu unutilmas  hodisaning bir qismi bo‘lish juda ahamiyatli. Bugun biz nafaqat avtomobillarni topshirish marosimida ishtirok etayapmiz, balki yurtimizda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yuksaltirishga hissa qo‘shayapmiz. Ishonamizki, topshirilayotgan 10 ta BYD Seagull rusumidagi yengil avtomobillar Respublika tez tibbiy yordam markazi faoliyatini oshirish va chaqiruvlarni o‘z vaqtida bajarishga ko‘maklashadi. Biz umrlarni saqlab qolishga qaratilgan yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlayotganimizdan xursandmiz”.  

Ushbu hodisa tibbiyot sohasida Ipoteka bank OTP Group tomonidan hamkorlik munosabatlari doirasida  amalga oshirilgan hayrli ishlarning bir qismidir. Biz mamnunlik bilan bugungi kunda markazning 14 ta hududiy filiallaridagi 65 000 nafar xodimlariga moliyaviy xizmat ko‘rsatib kelayotganimizni ma’lum qilamiz.  Ipoteka bank OTP Group o‘z hamkorlariga doimiy tarzda yuqori xizmat turlari, jumladan, past foizli mikroqarzlar, ipoteka kreditlari, depozitlar, bepul  xorijiy bank kartalari kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.  

Ishonchimiz komilki, biz birgalikda dunyoni yanada yaxshiroq va xavfsizroq maskanga aylantiramiz.