Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka bank OTP Group yoshlarning ijodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan loyiha doirasida R.Glier nomidagi ixtisoslashgan musiqiy maktabga zamonaviy musiqa asboblarini topshirdi

Nashr etilgan: 27 mart, 2025

Ushbu hodisa moliya va madaniyat muassasalari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va iste'dodli yosh musiqachilar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadamdir.  

Tadbirda Ipoteka bank OTP Group vakillari, maktab rahbariyati va yosh iqtidorli oʻquvchilar qatnashishdi. “Ushbu musiqiy uskunalarni topshirilishi o'ziga xos ahamiyatga ega. Bu nafaqat tuhfa, balki bolalarimizning kelajagiga, ularning ijodiy salohiyatiga kiritilgan investitsiya hamdir. Biz ular o'z iste'dodlarini ro'yobga chiqarishi va jamiyatda o'z o'rnini topishiga ishonamiz, ularga buyuk mutaffakirlar  an'analarini davom ettirish imkoniyatini yaratamiz” o’z nutqida Ipoteka-bank OTP Group departamenti direktori Abdumalik Turopov.  

Bu kabi tashabbuslar bankning madaniyatni rivojlantirish va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan barqaror va samarali hamkorliklarni yaratish g'oyasiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ipoteka bank OTP Group nafaqat iste’dod egalarining salohiyatini oshirishga  ko’maklashmoqda, balki shahrimizda moliyaviy xizmatlarni ham kengaytirmoqda. Ipoteka bank OTP Group oʻz hamkorlariga doimiy tarzda yuqori xizmat turlari, jumladan, past foizli mikroqarzlar, ipoteka kreditlari, depozitlar, bepul  xorijiy bank kartalari kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Ipoteka bank OTP Group yangiliklarini kuzatib boring. Biz mintaqamizdagi odamlar hayotini yanada yengillashtirish uchun xizmat qilamiz.