Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

18 noyabr – O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Nashr etilgan: 18 noyabr, 2019


Hur diyorimizning moviy, zangoru, oppoq ranglarlar mujassamligida,  Oy va  yulduzlar bilan jilolanib turgan bayrog‘ini mag‘rur hilpirab turganini har gal ko‘rganimizda ko‘nglimiz cheksiz bir iftixorga to‘lib, ko‘z oldimizda yana bir bor Vatan timsoli jonlanadi. Bayrog‘imiz misolida xalqimiz birdamligini his qilib, ertangi kunimizga yuksak ishonch bilan boqamiz. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, o‘z bayrog‘imizga ega bo‘ldik. 



Ajdodlarimiz yurt tug‘ini o‘z iymoni bilan teng ko‘rishgan. Ularning jasorati tarix sahifalarida abadiy muhrlangan. Shu onda yurtini yovlarga berishni istamagan Najmiddin Kubroning matonatini yodga olaylik. Bosqinchilar bilan kechgan beomon janglarda qo‘lida yurt tug‘ini mahkam tutib, jon bergan bobokalonimiz Kubroning qo‘llaridan dushmanlar bayrog‘ini tortib ololmay, panjalari bilan kesib olganlar.....
Demakki, bayrog‘imiz bu bizning g‘ururimiz, faxrimizdir.
Shunday ekan, yakdilligimiz timsoli bo‘lmish bayrog‘imizni boshimiz uzra baland ko‘taraylik.

G‘urur sharaf- shonimsan, 
Iftihorim -bayrog‘im, 
Jonim ichra jonimsan,
Nomus, orim- bayrog‘im. 

Dilda fahrim,quvonchim,
Kelajakka ishonchim,
Qanotim ham tayanchim,
Dilda borim bayrog‘im.

Vatan -chaman,bo‘stonim,
Senga sodiq har onim,
Tanamda- oqar qonim,
Nurafshonim bayrog‘im.

Shijoatim shaxtimsan,
Orzu, umid,ahdimsan,
Boshim -uzra baxtimsan,
Nur jahonim bayrog‘im.

Hayotimning tongisan,
Hilpiraysan, mangusan,
Buyukligim ramzisan,
Sharaf-shonim bayrog‘im.

Ezgulik qalbimda jo,
Qaddim tik,boshim samo,
Hilpirab tur doimo,
Jonajonim bayrog‘im,