Ipoteka Bank OTP Group barqaror iqtisodiy o'sishni ko'rsatmoqda: 2025 yil 1-chorak uchun moliyaviy natijalari hisoboti
Nashr etilgan: 13 may, 2025

2025 yil 1-chorak uchun asosiy ko'rsatkichlar:
• Aktivlar o'sishi (o’tgan yilning mos davriga nisbatan): +13%
• Shaxsiy kapitalning o'sishi: +34%
• Sof foyda: 436 milliard so'm (34 million AQSh dollari ekvivalenti)
• Xarajatlar va daromadlar nisbatining koeffitsienti: 45%
• Xavf qiymati: 0,12%
• Shaxsiy kapital rentabelligi (ROE): 29,8%
• Aktivlar rentabelligi (ROA): 4,5%
Ipoteka Bank OTP Group O'zbekistonda yirik chakana bank sifatida jami aktivlari bo'yicha beshinchi yirik bank bo'lib qolmoqda, uning bozordagi ulushi taxminan 6,3% ni tashkil etadi. Birinchi chorakning muvaffaqiyatli ko’rsatkichlari rivojlanish strategiyasining samaradorligini, mijozlar ehtiyojlariga qaratilgan e'tibor va barqaror operatsion boshqaruvini tasdiqlaydi.