Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Eng muhimi eʼtibor shunday emasmi?

Nashr etilgan: 13 fevral, 2020


Davlatimiz rahbarining 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomli maktabida oʼtkazilgan Yoshlar bilan uchrashuvi jarayonida berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash shuningdek, tizimdagi yoshlar fikr-mulohazalari bilan yaqindan oʼrtoqlashish maqsadida, bankning Boshqaruv Raisi Аtabaev Shuhrat Xaldarovich bankda faoliyat olib borayotgan bir guruh yoshlar bilan Ipoteka-bank Bosh ofisida uchrashdi. Uchrashuvda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining oʼrinbosari, moliya-iqtisod kompleksi rahbari Xolmuradov Botir Burxanitdinovich ham ishtirok etdi.


Uchrashuvda koʼtarilgan masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar rahbariyat tomonidan iliq kutib olinishi bilan birga ushbu takliflar kelgusida bankda ish samaradorligini izchil rivojlanishida ham muhim rol oʼynashi alohida qayd etildi. Ipoteka-bank rahbariyati tomonidan iqtidorli, mustaqil fikrlaydigan yoshlar oʼrtasida tanlovlar asosida lavozimlarga tayinlash taklifi ilgari surildi. Ortiqcha rasmiyatchiliklardan holi, ochiq muloqot tarzda kechgan uchrashuv yangi-yangi taklif-mulohazalar muhokamasi bilan yakun topdi.