Nashr etilgan: 10 aprel, 2025
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi Farmoniga asosan
Mamlakatimiz Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi yurtimizda koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish to’g’risidagi Farmoniga asosan, Ipoteka Bank jamoasi mintaqamiz bo'ylab “yashil” tashabbusni harakatga aylantirdi.
2025 yilning bahor mavsumi davomida O'zbekistonning turli hududlarida 10 000 dan ortiq tup ko'chatlar ekildi:
• Qarshi shahrining Geolog mahallasi va Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida: 2000 dona mevali daraxtlar
• Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanida 3800 ta terak koʻchatlari
• Qoʻqon shahri Avgʻonbogʻ mahallasida 550 dona terak koʻchatlari
• Navoiy viloyatining Konimeks tumanida 2500 dona choʻl oʻsimliklari
• Navoiy viloyatining Nurota tumanida 2000 dona tup tut ko’chatlari
Har bir ekilgan daraxt — yashil va barqaror atrof-muhit sari qo’yilgan shaxdam qadamdir.
Ipoteka Bank OTP Group barqaror rivojlanishni korporativ strategiyasining tarkibiy qismi sifatida qaraydi. «Yashil makon» loyihasini qo'llab-quvvatlash — bu nafaqat ijtimoiy javobgarlik, balki ekologik qadriyatlar, jamiyat farovonligi va kelajak avlodlarga bo'lgan chuqur sadoqatning ifodasidir.
So'nggi to'rt yil davomida mamlakat bo'ylab 700 milliondan ortiq ko'chat ekilib parvarish qilindi. Ipoteka Bank OTP Group ushbu ulkan ekologik harakatga o'zining ulkan hissasini qo'shayotganidan g’ururlanadi.