Nashr etilgan: 18 mart, 2025
Jarayon davomida bank atrof-muhitga bo'lgan ta'sirni boshqarish uchun normativ hujjatlar ishlab chiqdi. Bank faoliyati natijasida hosil bo'lgan chiqindilar, atmosfera gazlarining chiqarilishi va suv resurslariga oqiziladigan oqova suvlarining hajmini samarali nazorat qilishni ta'minlaydi. Eng muhim bosqichlardan biri ekologik ekspertizaning o'tkazilishi bo'ldi, bu nafaqat atrof muhitga zararni kamaytirishga, balki xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirishga ham yordam beradi. Ekologik normalar va standartlarni joriy qilish Ipoteka-Bankka ekologik xavf-xatarlar bilan bog'liq xarajatlarni oldini olish va barcha ekologik talablar bilan ishlagan holda tabiatga bo'lgan ta'sirni samarali boshqarish imkonini beradi.
Bu yutuq Ipoteka-Bankning ekologik barqarorlik va atrof-muhitga bo'lgan xavf-xatarlarni minimallashtirish sohasidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi, bu esa o'z navbatida bankning uzoq muddatli moliyaviy barqarorligini ta'minlaydi. Ipoteka bank OTP Group barqaror rivojlanish yo'lida davom ettirishni, eng yaxshi ekologik amaliyotlarni joriy qilishni, bank va mijozlarining kelajagiga g'amxo'rlik qilishni davom ettiradi.