Nashr etilgan: 12 avgust, 2024
MUHIM KO‘RSATKICHLAR:
Bank aktivlari: 2024 yil 1 avgust holatiga bankning jami aktivlari yil boshiga nisbatan 3,9 foizga oshib, 49,3 trln. so‘mni tashkil etgan. Jumladan, moliyaviy aktivlar 13,1 trln. so‘mni, kredit portfeli 34,2 trln so‘mni va boshqa aktivlar 2,0 trln. so‘mni tashkil etgan.
Bank kredit portfeli yaxshi diversifikatsiyalangan bo‘lib, portfelda ipoteka kreditlarning ulushi 41,3 foiz, kichik biznes kreditlarining ulushi 5,0 foiz, korporativ kreditlarning ulushi 30,2 foiz va chakana kreditlar 23,5 foizdan iborat.
Bank depozitlari: 2024 yil 1 avgustholatiga bank depozit bazasi yil boshiga nisbatan barqaror o‘sish kuzatilgan va depozitlar qoldig‘i 21,0 trln. so‘mni tashkil etgan.
Bank kapitali: Ipoteka-bankning jami kapitali 7,8 trln. so‘mga yetib, bankning investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga zamin yaratildi. Bankning 1-darajali kapitali yetarliligi ko‘rsatkichi 14,7 foizni, regulyativ kapital yetarliligi ko‘rsatkichi esa 16,5 foizni tashkil qilib, Markaziy bank me’yorlariga javob beradi.
Daromadlilik: 2024 yil iyul yakunlariga ko‘ra Ipoteka-bankning operatsion daromadi 19,1 foizga oshib, 3,3 trln. so‘mni tashkil etdi. Bank operatsion daromadlari o‘sishi yuqori darajada bo‘lishi sof foizli daromadlar, barqaror kredit hajmining o‘sishi va yuqori bo‘lmagan xarajatlar hisobiga shakllandi.
BOZORDAGI O‘RNIMIZ:
Ipoteka-bank respublika banklar bozoridagi o‘rnini mustahkam egallab kelmoqda. Bank tizimidagi aktivlar va depozitlarning 6,5 foizi Ipoteka-bank hissasiga to‘g‘ri kelsa, chakana kreditlar bozorida 14,1 foiz, jumladan ipoteka kreditlash bozorida 23,9 foiz ulush bilan bozorning yirik hissasiga egalik qilmoqda.
YANGI MAHSULOTLAR:
Ipoteka bank mijozi hisoblangan yuridik shaxslar uchun Online depozit mahsuloti joriy qilindi. Shuningdek, ilk bor hisobvarag ochgan yuridik shaxslar uchun oylik 250 000 so`mlik “Start business” va YaTTlar uchun oylik 99 000 so`mlik “Start business-2” ta`rif paketlari joriy etildi.
MUHIM HAMKORLIK:
17-iyulda Ipoteka-bank - Acwa Power Riverside Solar o’rtasida hamkorlik bitimlari imzolandi.
MUHIM TADBIRLAR:
Joriy yilning 8-10 iyul kunlari Ipoteka-bank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Onlayn savdo, raqamli marketing, bozorlar va ijtimoiy tarmoqlar” mavzusida uch kunlik trening bo`lib o`tdi va Ipoteka bank ATIB mijozi hisoblangan 24 nafar ayol tadbirkorlar SERTIFIKATLAR bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi qoshidagi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan tashkil qilingan malaka oshirish kurslarini bir necha mas'ul xodimlarimiz muvaffaqiyatli tamomladilar.