Nashr etilgan: 1 iyul, 2024
MUHIM KO‘RSATKICHLAR:
Bank aktivlari: 2024 yil 6 oy yakuni bo'yicha bankning jami aktivlari yil boshiga nisbatan 3,3 foizga oshib, 49,0 trln. so‘mni tashkil etgan. Jumladan, moliyaviy aktivlar 12,7 trln. so‘mni, kredit portfeli 34,4 trln so‘mni va boshqa aktivlar 1,9 trln. so‘mni tashkil etgan.
Bank kredit portfeli yaxshi diversifikatsiyalangan bo‘lib, portfelda ipoteka kreditlarning ulushi 40,9 foiz, kichik biznes kreditlarining ulushi 5,2 foiz, korporativ kreditlarning ulushi 30,5 foiz va chakana kreditlar 23,4 foizdan iborat.
Bank depozitlari: 2024 yil 1 iyul holatiga bank depozit bazasi yil boshiga nisbatan barqaror o‘sish kuzatilgan va depozitlar qoldig‘i 20,5 trln. so‘mni tashkil etgan.
Bank kapitali: Ipoteka-bankning jami kapitali 7,8 trln. so‘mga yetib, bankning investitsiyaviy faolligini yanada oshirishga zamin yaratildi. Bankning 1-darajali kapitali yetarliligi ko‘rsatkichi 15 foizni, regulyativ kapital yetarliligi ko‘rsatkichi esa 16,5 foizni tashkil qilib, Markaziy bank me’yorlariga javob beradi.
Daromadlilik: 2024 yil 6 oyi yakunlariga ko‘ra Ipoteka-bankning operatsion daromadi 20,0 foizga oshib, 2,9 trln. so‘mni tashkil etdi. Bank operatsion daromadlari o‘sishi yuqori darajada bo‘lishi sof foizli daromadlar, barqaror kredit hajmining o‘sishi va yuqori bo‘lmagan xarajatlar hisobiga shakllandi. Bank dastlabki 6 oy davomida 192 mlrd so'm sof foydaga erishdi.
BOZORDAGI O‘RNIMIZ:
Ipoteka-bank respublika banklar bozoridagi yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. Bank tizimidagi aktivlar va depozitlarning 6,5 foizi, Ipoteka-bank hissasiga to‘g‘ri kelsa, chakana kreditlar bozorida 14,5 foiz, jumladan ipoteka kreditlash bozorida 23,8 foiz ulush bilan yaqqol lider bo‘lib qolmoqda.
MUHIM TAYINLOV:
- Elyor Saidov Ilhomovich - “Ipoteka-bank” ATIB Ipoteka-bank Korporativ banking va bozor instrumentlari bloki, Yirik kompaniyalar bilan ishlash direksiyasi direktori lavozimiga tayinlandi.
YANGI MAHSULOTLAR:
Ipoteka-bankning hamda BYD hamkorligida jismoniy shaxslar uchun atigi 10% boshlang'ich to'lov bilan avtokredit mahsuloti taqdim etishni boshladi
MUHIM VOQELIKLAR:
Ipoteka-bank protsessing markazi IT xizmati provayderi TIETOEVRYning maxsus «Hamkorlik uchun» mukofotiga sazovor boʼldi.
MUHIM TADBIRLAR:
12-iyun sanasida "Hilton Tashkent city" mehmonxonasida Ipoteka-bank, “Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki” hamda Xalqaro Ishbilarmon “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar tashkillashtirildi.
TAJRIBA ALMASHINUVI:
- OTP bank guruhi a'zo mamlakatlari mas'ul xodimlari ishtirokida Albaniya shahrida Marketing summit bo'lib o'tdi.
- OTP bank guruhi a'zo mamlakatlari mas'ul xodimlari ishtirokida Vengriya shahrida OTP Korporativ strategiyasi seminari bo'lib o'tdi