Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Chinoz filiali oʼz ishini yangi binoda boshladi

Joriy yilning 17 iyul kuni Toshkent vilotining Chinoz tumanida «Ipoteka-bank» АTIB Chinoz filialining yangi binosini tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.



Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlarining ommabopligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori talablari ijrosini taʼminlash hamda aholiga keng koʼlamdagi xizmatlarni koʼrsatish maqsadida bank binosi qayta qurib bitkazildi.

Filial binosi tuman markazida joylashgan boʼlib, aholiga, hususiy biznes va tadbirkorlik subʼektlariga zamonaviy bank xizmat koʼrsatib boradi.

 

Filialda fuqarolarga xizmat koʼrsatishda qulaylik yaratish maqsadida 24/7 shohobchasi ham tashkil etildi.

Bugungi kunda “Ipoteka-bank” va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda bankni institutsional transformatsiya qilish, xizmat koʼrsatish jarayonlarini tubdan qayta tashkil etish, zamonaviy biznes modelini yaratish orqali xalqaro andozalar talablariga muvofiq ish yurituvchi bank sifatida shakllantirish maqsad qilib olingan boʼlib, bu yoʼnalishda ishlar ildamlik bilan olib borilmoqda.