Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Ipoteka-bank” ATIB Xitoy davlat taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirmoqda!

Nashr etilgan: 27 sentyabr, 2019

Joriy yilning 25 sentyabr kuni “Ipoteka-bank” ATIB va Xitoy davlat taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Ipoteka-bank vakillari hamda Xitoy Taraqqiyoti Davlat bankining O‘zbekistondagi Ishchi guruhi rahbari janob Feng Je ishtirok etdi. Muzokaralar jarayonida mavjud 30 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniya orqali moliyalashtirilgan loyihalar holati hamda yangi ochilishi rejalashtirilayotgan kredit liniya bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.


Ipoteka-Bank tomonidan 2017 yilda Xitoy davlat taraqqiyot bankining 30 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi jalb etilgan bo‘lib, kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan jami 24 ta loyiha moliyalashtirilgan.


Ushbu kunning o‘zida bank vakillari moliyalashtirilgan va bugungi kunda ishga tushirilgan Sergeli tumanidagi “DENTAFILL PLYUS” MChJning infuzion eritmalar ishlab chiqarish loyihasini, Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq tumanidagi kichik sanoat zonasi xududida “MODERN POWER SYSTEMS” MChJ tomonidan ishga tushirilgan quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasini, Chilonzor tumanidagi “SABRINA TEKSTIL SERVIS” oilaviy korxonasi tomonidan amalga oshirilgan matoga gul solish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarini o‘rgandilar.


Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, mazkur loyihalar import o‘rnini bosuvchi va maxsulotlarni mahalliylashtirish hamda eksportni rahbatlantirishga qaratilgan. 2019 yil boshidan mazkur korxonalar tomonidan 2 mln. AQSh dollardan ortiq mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.


Muzokarlar yakuniga ko‘ra, “Ipoteka-bank” ATIB va Xitoy davlat taraqqiyot banki o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib olindi.