Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank veb-saytidagi “Karyera” va “HeadHunter” portalidagi sahifalari yangilandi.

Nashr etilgan: 23 avgust, 2024

Ipoteka-bank veb-saytidagi “Karyera” sahifasi yangi dizayn, infografika va moslashuv funksiyasidan foydalangan holda, zamonaviy koʼrinishda barcha uchun qulay tarzda qayta ishlab chiqilib, yangilandi. Bank veb-saytining keng doiradagi foydalanuvchilari endilikda veb-sayt orqali yangilangan interaktiv xizmatlardan foydalanishlari va boʼsh ish oʼrinlari boʼyicha barcha maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega.

Career_uz.png  

Doimiy yangilanib turuvchi bank raqamlarda qismi orqali kuzatuvchilarimiz Ipoteka-bank faoliyatining oʼsish surʼatlarini diagrammalar koʼrinishida doimiy kuzatib borish imkoniyatiga ega boʼlishadi. Shuningdek, bank faoliyatida muvaffaqiyatga erishish sirlari, mijozlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar borasidagi doimiy tayyorlanib borilayotgan videolarni ham aynan shu sahifamiz orqali eʼtiboringizga havola etamiz. Shunungdek, “Karyera” sahifasining afzal jihati, endilikda oʼz nomzodini kiritmoqchi boʼlgan foydalanuvchilar qisqartirilgan anketa savollariga javob berish orqali oʼz maʼlumotnomalarini osongina yuklashlari mumkin boʼladi. Shu qatorda, foydalanuvchilarda asosiy sahifa orqali har bir boʼlimdagi maʼlumotlarni tezkorlik bilan koʼrish imkoniyati yaratildi. Saytning qidiruv interaktiv xaritasida kerakli ma'lumotlarni izlash imkoni yaratilgan. Bu esa foydalanuvchiga bank-saytining faoliyati bilan bog‘liq barcha ma'lumotlarni yuklab olish imkonini beradi.

Yana bir muhim yangilik, Ipoteka-bank endilikda o’zining yangilangan HeadHunter sahifasi orqali mavjud ish o‘rinlari haqidagi ma'lumotlarni e’lon qilib boradi. Bu har bir hamshaharlarimizda ushbu sahifa orqali kerakli ish o’rni uchun o‘z nomzodini ko‘rsatib berish imkonini beradi. Joriy etilgan qulay navigatsiyalar orqali har bir material osongina yuklab olinib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi mumkin. Bu kabi zamonaviy qulayliklarning barchasi sayt imkoniyatlarini kengayishiga va foydalanuvchilar uchun foydali resurs sifatida uzatilishiga xizmat qilmoqda.

Havolalar:

https://www.ipotekabank.uz/uz/about/karera/

https://tashkent.hh.uz/employer/3702770