Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

1 Iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Nashr etilgan: 1 iyun, 2019

Ipoteka-bank Kasaba uyushmasi hamda Mehnat filiali tashabbusi bilan 1 iyun xalqaro bolalar kuni munosabati bilan shahrimizdagi Muruvvat nogiron bolalar uchun 2-son internat uyiga hamda Respublika bolalar tayanch-harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi Markazida bo'lib, bu erda davolanayotgan bolalarga  sport kiyimlari, kitoblar o'yinchoqlar taqdim qilishdi. 


Hayriya aktsiyasida barcha bank xodimlari o'zlarining homiyliklari bilan ishtirok etdilar. 

"Har bir bola e'tiborda" shiori doirasida  o'tkazilayotgan bunday hayriya aktsiyalari bolajonlar ko'ngliga cheksiz quvonch bag'ishladi.


 

Muassasada tarbiyalanayotgan bolalar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari, she'r va qo'shiqlar yig'ilganlarda katta taasurot qoldirdi. 

–“Endilikda bolajonlarimiz mazkur sport kiyimlari bilan paralimpiya musobaqalarida qatnashib, o'ziga xos natijalarni ko'rsatishiga ishonchim komil”- dedi biz bilan suhbatda muassasa rahbari. Muruvvat uyi rahbariyati bolalarga xos o'zgacha quvnoqlik va beg'uborlik aks etib turgan ushbu munchoq ko'zlardan mehr-muhabbat ulashish uchun  kelgan bank xodimlariga cheksiz minnatdorchilik bildirdilar.

  


Bank xodimlari Respublika bolalar tayanch harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi Markazida ham bo'lib bu erda kam ta'minlangan oilalardan kelib davolanayotgan bolalarga kiyim-kechaklar, yuvinish vositalari yana ko'plab sovg'alar taqdim etishdi.