Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

"Ipoteka-bank”da yangi qonunlar targ‘iboti

Nashr etilgan: 4 dekabr, 2019

"Ipoteka-bank" ATIB filiallarida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahririda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimi to‘g‘risida”gi qonunlarini hayotga tadbiq etish va uning mazmun-mohiyatini bank xodimlariga tushuntirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.


Seminarlarda bugungi kunda jamiyatimiz hayotining boshqa barcha muhim jabhalari kabi, bank faoliyatini ham isloh qilishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi. Xususan, joriy yilning 5 noyabrida “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi bu sohada yangi yo‘nalishlarni ochishi bilan birga bank faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishi, bu boradagi ulkan o‘zgarishlar xususida ma’lumotlar keltirildi.


Qonun bank tizimining barqarorligini oshirishga, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratishga hamda omomnatchilar va bank xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Shuningdek, aytish mumkinki, mazkur huquqiy hujjatlar respublika bank tizimining xalqaro andozalar darajasida faoliyat yuritishini tashkil etish uchun huquqiy bazani mustahkamlanishi va uning rivojlanishi yo‘lida muhim qadamdir.