Nashr etilgan: 12 avgust, 2024
2024-yil 1-avgust holatiga Ipoteka dayjest
Bank aktivlari: 2024 yil 1 avgust holatiga bankning jami aktivlari yil boshiga nisbatan 3,9 foizga oshib, 49,3 trln. so‘mni tashkil etgan. Jumladan, moliyaviy aktivlar 13,1 trln. so‘mni, kredit portfeli 34,2 trln so‘mni va boshqa aktivlar 2,0 trln. so‘mni tashkil etgan. Bank kredit portfeli yaxshi diversifikatsiyalangan bo‘lib, portfelda ipoteka kreditlarning ulushi 41,3 foiz, kichik biznes kreditlarining ulushi 5,0 foiz, korporativ kreditlarning ulushi 30,2 foiz va chakana kreditlar 23,5 foizdan iborat.