Barqarorlik bo’yicha hisobot
“Ipotekabank” ilk bor Barqarorlik hisobotini ishlab chiqishda ishtirok etdi. Hisobot GRI (Global Reporting Initiative) standartlariga muvofiq shakllantirildi. OTP guruhining yillik integratsiyalashgan hisoboti shakllantirilishi uchun tegishli ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida, hisobot uchun ma'lumotlar yig'ish bank turli tarkibiy yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirildi. Barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan, biz uglerod izini kamaytirish bo'yicha ba'zi chora-tadbirlarni aniqlash uchun birinchi marta bankning asosiy issiqxona gazi emissiyasi statistikasini ko'rib chiqdik. Shu bilan barobarda, bu orqali biz uglerod neytral bank bo‘lishdek asosiy maqsadimizga erishish yo’lida o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz.