Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish (EIRB) tizimi to'g'risidagi nizom
Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish (EIRB) tizimi to'g'risidagi nizom Bankning ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish (EIRB) siyosatining norma va qoidalarini amalga oshirish, Bank mijozlarining rejalashtirilgan va/yoki davom etayotgan faoliyati Bankning ESG talablariga muvofiqligini aniqlash va bank mijozlariga moliyaviy resurslarni taqdim etish shartlarini aniqlash va/yoki belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. Nizomda bu boradagi har bir funksiyaning batafsil tavsifi, tashkiliy tuzilmasi, vakolatlari va imkoniyatlari yoritilgan. Bundan tashqari, nizomda kredit berishda va/yoki ushbu jarayonlarda ishtirok etadigan asosiy rollarni qarz berishda va/yoki investitsion faoliyatda mijozlarning loyihalari/faoliyati bo'yicha ESG baholashni qanday o'tkazish haqida so'z boradi.
Siyosatda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimi to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqildi, tasdiqlandi va “Ipoteka-bank” ATIBning faoliyatiga joriy etildi.
EIRB tizimi ma'lumotlariga ko'ra, bank quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- Ekologik va ijtimoiy (EvaI) ma'lumotlarini bankning kreditlash, shu jumladan monitoring jarayoniga joriy qilish;
- EvaI aspektlari bo'yicha hisobot berish mexanizmining ishlashini ta’minlash;
- Tashqi/manfaatdor tomonlar bilan o'zaro aloqa qilish tartibi va mexanizmining ishlashini ta’minlash;
- Axborotning oshkor etilishini ta'minlash va jamoatchilik bilan maslahatlashuvlar (manfaatdor tomonlarni xabardor qilishni) tashkil etish.
Bundan tashqari, Bankning ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimiga muvofiq majburiy va bolalar mehnatining, shu jumladan paxta terimi kampaniyasiga ishchilarni jalb qilinishini oldini olish bo‘yicha ham doimiy va qat’iy nazorat o‘rnatildi. Bu haqda bank saytida rasmiy bayonot ham e’lon qilindi.