Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish (EIRB) siyosati
Ipoteka bankning Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish (EIRB) siyosati umumiy tamoyillari, majburiyatlari, va EIRB tizimiga nisbatan bankning yondashuvlarini belgilaydi. Siyosatning maqsadi bank faoliyatida ESG tamoyillarini potensial ijobiy ta'sirini oshirishga intilish, aktiv operatsiyalar doirasida ESG omillarining salbiy ta'sirini oldini olish yoki kamaytirish va Bank tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlanayotgan/xizmat ko'rsatilayotgan loyihalarni barqaror rivojlanishga hissa qo'shishini ta'minlashga yordam berishdir. Siyosat ESG risklarni boshqarish tartibining asosiy bosqichlarini tavsiflaydi, ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimiga oid yakuniy qoidalarni va bank moliyalashtirmaydigan faoliyat turlarini belgilaydigan taqiq ro'yxatini o'z ichiga oladi.
Bankning ekologik va ijtimoiy toifalari
Bank loyihalarni ekologik va ijtimoiy risk va ta'sirlarning potensial darajasini aks ettiruvchi ekologik va ijtimoiy jihatlari bo'yicha toifalarga ajratadi. Loyihalarni ekologik va ijtimoiy risk/ta’sir darajasiga ko'ra tasniflash quyidagi toifalarga bo'linadi:
- A –ekologiya va ijtimoiy sohalarga ta’siri loyiha doirasidan tashqariga chiqadigan kuchli ta’sirga ega loyiha/faoliyat turi;
- B - ekologiya va ijtimoiy sohalarga ta’siri loyiha chegaralari bilan cheklangan o'rtacha ta’sirga ega faoliyat loyiha/faoliyat turi;
- C – ekologiya va ijtimoiy sohalarga hech qanday yoki kichik ta’sirga ega loyiha/faoliyat turi.
Bankdagi shikoyatlarni ko'rib chiqish mexanizmi haqida ma'lumot
Bankda, manfaatdor va/yoki 3 tomonlarning shikoyatlarini yuborish/qabul qilish uchun ishonch telefoni/aloqa markazi (+998 78 150-11-22 yoki 1233) turli aloqa kanallari yaratilgan. Bundan tashqari, veb-sayt orqali shikoyat va arizalarni qabul qilish imkoniyatini ham yaratilgan. Shuningdek, shikoyatlarni messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yuborish mumkin.
Shikoyatni pochta orqali ham yuborish mumkin: green_dl@ipotekabank.uz
Ko'mir sanoati bilan bog'liq loyihalar haqida ma'lumot
2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, ko‘mir sanoatiga oid loyihalar ulushi bank umumiy kredit portfelining 0,03 foizini tashkil etadi.
Bundan tashqari, Bank ko'mir qazib olish bilan bog'liq bo'lgan loyihalarning risklar*ini nolga (0) tushirish uchun barcha oqilona sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.
*“Ko‘mir qazib olish bilan bog’liq loyiha” (a) ko‘mirda ishlovchi ishlab chiqarish quvvatlarini va ko’mir qazib olishni, hamda faqat ko’mirni tashish uchun foydalaniladigan va/yoki ko‘mir qazib olishni qo’llab-quvvatlaydigan aktivlar infratuzilmalarini shakllantirish yoki kengaytirish uchun har qanday qarz oluvchi va/yoki mijoz tomonidan olingan qarz/moliyalshtirish yoki (b) har qanday qarz oluvchi, mijoz yoki moliyalashtirishni qabul qiluvchining har qanday iqtisodiy faoliyati, o'tgan moliya yilida (i) ko’mirdan foydalangan holda yigirma (20%) foizdan ko’proq energiya ishlab chiqargan yoki daromad olgan (shu jumladan, ko'mirda energiya ishlab chiqarish, energiya ishlab chiqarish uchun termal ko’mir savdosi (lekin kimyoviy/ishlab chiqarish jarayonlari uchun ajralmas komponent (masalan, sanoat yoqilg’isi, qayta tiklovchi), termal ko’mir logistikasi, termal ko’mirni qazib olish bo’yicha muhandislik va qurilish ishlari, ko'mirni qidirish va er osti ko'mirini gazlashtirishlar bundan mustasno), (ii) 5000 MVt yoki undan ortiq ko’mirda ishlaydigan ishlab chiqarish quvvati o'rnatilgan yoki (iii) 10 million tonna yoki undan ortiq ko'mir ishlab chiqargan qarz oluvchi tushuniladi.