Ipotekabankning ESG strategiyasidagi asosiy maqsadlarimiz
Ipoteka bankning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yo'lidagi hissasi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) 2030 yilgacha kambag’allikga barham berish, iqlim o'zgarishi va tengsizlikka qarshi kurashish bo'yicha yangi, universal rivojlanish maqsadlarini belgilab beradi. Barqaror rivojlanish vazifalarimizga muvofiq, Ipotekabank OTP guruhining sho'ba banki sifatida ushbu maqsadlarga erishishga intiladi.
Ipotekabank quyidagi maqsadlarga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan:
- 4. Sifatli ta’lim
- 5. Gender tengligi
- 7. Arzon va toza energiya
- 8. Munosib ish va iqtisodiy o'sish
- 9. Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma
- 11. Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari
- 13. Iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish
Shuni ta'kidlash kerakki, bankning ESG strategiyasining maqsadlari BRM bilan ham bog'liq.
Biz ularga qanday erishamiz:
- Teng imkoniyatlar tamoyillariga amal qilgan holda, biz kam ta'minlangan shaxslarga qulay xizmatlarni taqdim etish va asosiy bank xizmatlarini taklif qilishga, shuningdek, moliyaviy savodxonlikni oshirishga va ongli moliyaviy qarorlar qabul qilishni qo'llab-quvvatlashga intilamiz;
- Yirik ish beruvchi sifatida biz mas'uliyatli bandlik, teng imkoniyatlar, shaxsiy rivojlanish va ish-hayot muvozanatini ta'minlash tarafdorimiz;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun biz bir nechta yashil moliyaviy mahsulotlarni taklif qilamiz va o'z faoliyatimizda resurslardan samarali foydalanishga intilamiz;
- O'z xayriyalarimiz orqali biz mahalliy hamjamiyatlarni rivojlantirishda va kam ta'minlangan shaxslar va jamoalarni qo'llab-quvvatlashda faol ishtirok etamiz.
OTP guruhining barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM)
qo'shgan hissasi haqida ba’tafsil.