Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Biz haqimizda

Biz uchun barqaror rivojlanish ekologik, ijtimoiy, boshqaruv va iqtisodiy maqsadlarni o’z faoliyatimizga integratsiya qilish demakdir. Ishonamizki, biz o‘z aksiyadorlarimiz va mijozlarimiz uchun uzoq muddatli qiymat yaratish, noyob mahsulotlar va turli xil moliyaviy vositalarni taklif qilish va faoliyatimizning atrof-muhitga ta'sirini boshqarish, ijtimoiy mas'uliyatni hisobga olgan holda va tashkilotda korporativ axloq va javobgarlikning eng yuqori standartlarini ta'minlash orqali barqaror rivojlanishga hissa qo‘shamiz.

Barqaror rivojlanish departamenti

Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimining yuqori sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida 2020 yilda Bank Bosh ofisida Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish bo’limi tashkil etildi. 2023 yil ikkinchi yarimidan boshlab Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish bo’lim mavqeyi mustahkamlandi va Barqaror rivojlanish departmenti sifatida qayta shakllantirildi. Departament maqomini oshirish faqat ijobiy samara beradi, chunki u bankda yashil (barqaror rivijlanish) yo'nalishdagi ishlarni bankning boshqa bo'linmalari bilan teng ravishda rivojlantirish imkoniyatini yaratadi, shuningdek, tizimning muammosiz va samarali ishlashiga yordam beradi. Shunday qilib, bu barqaror rivojlanish yo‘nalishdagi vazifa va funksiyalar ham kengaydi.

22%

Ekologik

Bank ekologik muammolarini quyidagilar orqali hal qiladi


  1. Tabiiy resurslarni saqlash
  2. Energiya iste'moli va samaradorligi
  3. Korporativ iqlim siyosati va ekologik risklarni boshqarish
  4. Chiqindilarni boshqarish va ifloslanishning oldini olish
  5. Uglerod izi/issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish
  6. Suv resurslaridan oqilona foydalanish
22%

Ijtimoiy

Bank jamiyat va bank jamoasiga quyidagilar orqali g'amxo'rlik qiladi


  1. Teng mehnat imkoniyati
  2. Xodimlar salomatligi va xavfsizligi
  3. Treninglar va ta’lim
  4. Ijtimoiy adolat
  5. Ko'ngillilik va xayriyalar
  6. Jamoaga yo’naltirilgan va inklyuziv yondashuv
22%

Boshqaruv

Bank boshqaruvining sifati quyidagilar bilan ta’minlanadi


  1. Korporativ boshqaruv
  2. Kengashning mustaqilligi va xilma-xilligi
  3. Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish
  4. Korporativ shaffoflik va aniqlik
  5. Aksiyadorlar oldida javobgarlik
  6. Axloqiy biznes amaliyotlari

Barqaror rivojlanish faoliyatining asosiy bosqichlari

2020

Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish bo'limi tashkil topdi

Risklarni boshqarish departamentining tarkibida Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish bo‘limi tashkil etildi.

2021

Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimi shakllantirildi

  • Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish (EIRB) siyosati va EIRB tizimi to’g’risidagi nizomi ishlab chiqildi
  • EIRB tizimi bank faoliyatiga joriy etildi

2022

Bank Kuzatuv kengashi ish jadvaliga ESG tamoyillari joriy qilindi va stress test shakllantirildi

  • XMK konsultantlari va ekspertlari bilan onlayn uchrashuv orqali Bank Kuzatuv kengashi ish jadvaliga risklarni boshqarish masalalari joriy qilindi
  • Birinchi stress test hisoboti shakllantirildi

2023

Barqaror rivojlanish departmenti tashkil topdi

  • EIRB bo’limi Barqaror Rivojlanish departamenti sifatida qayta shallantirildi
  • OTP guruhining ESG strategiyasiga muvofiq barcha standartlar va talablarga rioya qilish majburiyati

2024

Ipotekabank ESG strategiyasi ishlab chiqildi

  • Bankning ESG strategiyasini ishlab chiqildi
  • Barqarorlik bo’yicha hisoboti va yillik integratsiyalashgan hisobotni nashr etildi

Batafsil ma’lumot…

Bankimizdagi ESG haqida qo'shimcha ma'lumot olishni xohlaysizmi?


Baxtiyor Abdusalomov

Barqaror rivojlanish Departamenti boshlig’i

Tel:+998 78 150 37 07

Email: Bakhtiyor.Abdusalomov@ipotekabank.uz

Fotima Bektemirova

Yashil banking bo’yicha loyiha menejeri

Tel:+998 78 150 37 07

Email: Fotima.Bektemirova@ipotekabank.uz