Umidjon Xakimov 1971- yilda tavallud topgan. 1994-yil Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutida bakalavrlik, 1997-yil Toshkent davlat universitetining maxsuslashtirilgan oliy biznes maktabida magistrlik darajasini olgan. Shuningdek, 2002-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2011-yil London biznes maktabida tahsil olgan.
Bank sohasidagi faoliyatini 1999-yildan "Ipak Yo‘li" aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankida boshlagan.1999-2006-yillarda Investitsion loyihalarni moliyalashtirish, Mikrokreditlash, Kreditlash, Qimmatbaho qog‘ozlar va pul bozori, Marketing va mijozlar siyosati, Marketing va xalqaro moliya institutlar bilan ishlash kabi yo'nalishlarda samarali mehnat qilgan.
2006-2008 yillarda ABN AMRO BANK NB Uzbekistan AJ Biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer hamda Boshqaruv raisi o‘rinbosari-Korporativ boshqaruv rahbari lavozimlarida ishlagan.
2011-2021 yillarda "ASIA ALLIANCE BANK" xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, keyinchalik esa Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2021-2023-yillarda "ASIA ALLIANCE BANK" aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.
2023-yil dekabr oyidan buyon Ipoteka bank OTP Group Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari – Korporativ Banking va bozor instrumentlari bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.