Pal Gambos 1974-yilda tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 2015 yil OTP Bank Vengriya IT direktoratida rahbarlikdan boshlagan. 2016-yilda OTP Bank Vengriya Guruh darajasidagi mustaqil ilovalar arxitekturasi departamenti rahbari sifatida faoliyatini yuritgan.
2016 - 2019 yillarda - OTP Bank Vengriya IT loyihalarni boshqarish va metodologiyasi direksiyasi katta loyiha menejeri lavozimida ishlagan.
2019 - 2021 yillar davomida OTP Bank Vengriya Loyiha boshqaruvi va IT transformasiyasi direksiyasi IT-transformasiyasi departamenti Transformasiya loyihalarini boshqarish menejmenti menedjeri sifatida o’z faoliyatini davom ettirgan.
2022 - 2023 yillarda - OTP Bank Vengriya Guruh darajasidagi raqamli direksiyaning IT sho‘ba korxonasi boshqaruvi departamenti direktori, 2024 – yilda esa OTP Bank Vengriya Guruh darajasidagi raqamli IT direksiyasining 3-sho‘ba korxonasi boshqaruv departamentining katta IT-maslahatchisi lavozimlarida o’z tajribasini orttirgan.
19.01.2024 - h.v. “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka Bank Ijro Apparati Boshqaruv raisi o‘rinbosari - IT bloki rahbari sifatida faoliyatini olib bormoqda.