Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Raxbarov Nodirbek

1979 yilda tugʼilgan. Toshkent davlat agrar universiteti (2000 yil), Toshkent moliya instituti magistraturasi (2002 yil), Oʼzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi(2006 yil), Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2009 yil) tugatgan.

Mehnat faoliyatini 2001 yil “Oʼztadbirkorbank” Toshkent viloyati boshqarmasi Kichik va oʼrta biznesni kreditlash boʼlimi mutaxassisidan boshlagan.

 2005 yildan Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Banklar faoliyatini tartibga solish boʼlimi boshligʼi boʼlib faoliyat yuritgan.

 2008 yildan 2009 yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish boʼlimi boshligʼi sifatida samarali faoliyat olib borgan.

 2009 yildan to 2012 yilga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshligʼi boʼlib ishlagan.

 2012 yildan to 2013 yilgacha “Аgrobank” ochiq aktsiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʼi vazifasini bajaruvchisi hamda Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʼi lavozimlarida ishlagan

 2013 yildan to 2014 yilgacha “Ipoteka-bank” ATIB Investitsion faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish departamenti Bankrot va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʼi lavozimida ishlagan.

 2014 yildan to 2016 yilgacha “Ipoteka-bank” ATIB Toshkent shahar filiali boshqaruvchisi sifatida samarali faoliyat olib borgan.

 2016 yildan to 2020 yil 21 fevralga qadar “Oʼzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Boshqaruvi Raisining oʼrinbosari lavozimida ishlagan

 2020 yil 21 fevraldan eʼtiboran “Ipoteka-bank”АTIB Boshqaruvi Raisi oʼrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Фото профиля Raxbarov Nodirbek

Raxbarov Nodirbek

Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari, kredit portfelini monitoring qilish va muammoli kreditlar bilan ishlash bloki rahbari

Raxbarov Nodirbek 1979 yilda tug'ilgan. U 2000 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2002 yilda Toshkent moliya institutini (magistratura), 2006 yilda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 2009 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 2001 yil “O`ztadbirkorbank” Toshkent viloyati boshqarmasi Kichik va o`rta biznesni kreditlash bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

2023 yil iyun oyidan boshlab “Ipoteka-bank” ATIB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Kredit portfeli monitoringi va muammoli kreditlar bilan ishlash bloki rahbari, Boshqaruv a’zosi sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Oilali. Uch nafar farzandi bor.