Dmitriy Sapronov 1978-yilda tavallud topgan. 2000-yil Moskva shahri, Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasining muhandislik fakultetini tamomlagan. 2007-yil Moskvada shahri, Moliya akademiyasida MBA darajasini olgan.
2010-yilda OTP guruhiga qo'shilishdan oldin Dmitriy Sapronov "ROSBANK" OAJ, “Birinchi O'zaro Kredit Banki” OAJ, Home Credit & Finance Bank va Sberbank kabi bir nechta banklarda menejer, bo'lim boshlig'i va direktor o'rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2010-yildan 2014-yilgacha Moskvadagi OTP Bankiining Chakana savdo yo’nalishida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, 2015-2017 yillar davomida Xitoy shahrida , Home Credit Consumer Finance Companyning Mahsulot va biznesni rivojlantirish direktori lavozimida ham tajriba orttirgan.
2017-2023yillarda Vetnam shahrida VP Bank SMBC Finance Company Limited, Mahsulot va biznesni rivojlantirish markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
2023-yil iyun oyidan buyon Ipotekabank OTP Group Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari –Chakana xizmatlar va Kichik biznes Bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.