Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233
Фото профиля Rtveladze Sandro

Rtveladze Sandro

Boshqaruv Raisi

Sandro Rtveladze 1984-yil 2-yanvar kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda “Gruziya Texnika Universiteti”ning bakalavr darajasini olgan. 2007-yilda Germaniyadagi “Jacobs University”da bakalavriatni yakunlagan. 2008-yilda Buyuk Britaniyaning “University of Oxford”da "Axborot texnologiyalari va iqtisodiyot", "Integratsiyalangan ijtimoiy fanlar" hamda "Moliyaviy iqtisodiyot" yo‘nalishlarida magistrlik darajasini olgan.

Sandro Rtveladze — bank sohasi bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassis bo‘lib, Gruziya, Gana, O‘zbekiston va Rossiya kabi mamlakatlarda faoliyat yuritgan.

Bank sohasidagi o‘z faoliyatini u 2009-yilda boshlagan. 2012-yilga qadar Gruziyaning People’s Bank (Xalq Banki)da investitsiyalar va korporativ masalalar bo‘yicha boshqaruv Raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2012-2015 yillarda Gruziyadagi "Liberty Bank"ida yangi mahsulotlar, savdo kanallari va bozorlar bo'yicha bosh direktor o'rinbosari lavozimini egallagan.

2015-2020 yillarda "Bayport Management Limited"da (Gana, Afrika) chakana bank xizmatlari bo'yicha Blok rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

2020 yilda O'zbekistondagi TBC Bankning Boshqaruvi Raisi sifatida ishlagan.

2022 yilda OTP Bank Rossiyada iste'mol kreditlash direktorati direktori, chakana bo'lim direktori, Boshqaruv Raisi o'rinbosari va Boshqaruv a'zosi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2023-2024 yillarda OTP Bank RossiyadaBoshqaruv Raisi maslahatchisi sifatida ishlagan. 2024 yil sentyabr oyidan u "Ipoteka-bank" ATIB Boshqaruvi Raisi lavozimini egalladi.