Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233
Фото профиля Inomjonov Elyor

Inomjonov Elyor

Bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari,Korporativ boshqaruv bloki rahbari

Elyor Inomjonov 1978-yilda tavallud topgan. U 1999-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida suv xo’jaligi va audit bakalavri, 2003-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida audit bo’yicha magistratura, shuningdek, 2010-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat taraqqiyoti akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabida moliya va banklar, 2013-yil Yaponiyaning Xitotsubashi universitetida davlat moliyasini boshqarish yo’nalishlari bo’yicha tahsil olgan.

1999-yildan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankidagi faoliyati davomida chakana savdo, tashqi aloqalar, kredit monitoringi va boshqaruvi bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lishni boshlagan.

2005-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri Bosh boshqarmasi va keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Mahsus Boshqarma boshligi lavosimida ishlagan.

2016-2018 yillarda “Ipoteka-bank” ATIB Tashqi aloqalar bo'limi boshlig'i va Korporativ bank hamda bozor vositalarini boshqarish Bloki rahbari lavozimlarida ishlagan.

2019-2021 yillarda “Ipoteka bank” ATIB Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari hamda Korporativ bank faoliyati va bozor vositalari Bloki rahbari lavozimlarida ishlagan.

2021-2023 yillar “Ipoteka bank” ATIB Boshqaruv Raisi sifatida faoliyat yuritgan.

2023- yil sentyabr oyidan Boshqaruv Raisi o‘rinbosari - Korporativ boshqaruv bloki rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.