Adam Szentpeteri 1972-yilda tavallud topgan. U 1996-yilda Korvinus Iqtisodiyot fanlari universitetida moliya va axborot menejmenti magistri, 2007-yilda Markaziy Yevropa universitetida (CEU) PHD, 2007-yilda ELTE Fanlar universitetida Yuridik fanlar doktori (LLM) darajasini olgan. 1997-2013 yillarda Vengriyaning ELTE Fanlar universitetida dotsent bo‘lgan.
2005-yilda OTP guruhiga qo'shilishdan oldin, Adam Szentpeteri o'n yil davomida ilmiy yo’nalishda yurib CEU, Corvinus va ELTE universitetlarida Ekonometrika, Operatsion tadqiqotlar, Huquq,Iqtisodiyot va Biznes huquqi fanlaridan dars berib, akademik faoliyat bilan shug'ullangan.
OTP guruhida Adam Szentpeteri moliya, nazorat, strategiya va chakana savdo bo'limida turli yetakchi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
U 2012-2018 yillarda OTP Bank Ukraina Kuzatuv kengashi a'zosi va 2018-2022 yillarda OTP Bank Rossiya Direktorlar Kengashi a'zosi bo'lgan.
2022-yildan to Ipotekabank OTP Groupga ishga kelgunga qadar OTP Bank Albaniyada Bosh moliya direktori va Boshqaruv a’zosi lavozimlarida ishlagan.
2023-yil iyun oyidan Ipotekabank OTP Group Boshqaruv Raisi o'rinbosari – Strategiya va moliya Bloki rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.