Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Bugungi kunda "Ipoteka-bank" ATIB tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalari amalga oshirib kelinmoqda

Nashr etilgan: 6 sentyabr, 2021

Xususan, Andijon viloyati, Andijon shahrida Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 792,4 ming AQSh dollari miqdoridagi trikotaj mato va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 499,0 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratish ma’qullangan. Korxona kredit mablag‘lari hisobiga yiliga 297,0 ming kg trikotaj mato va 1 800,0 ming dona tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni, ichki va tashqi bozorni trikotaj mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish va 200 ta yangi ishchi o‘rni yaratishni rejalashtirgan.

Shu bilan birga, Navoiy viloyati, Nurota tumanida Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki kredit liniyasi hisobidan loyiha umumiy qiymati 677,3 mln. so‘m miqdoridagi 37 Ga uzumchilik bog‘ida tomchilab sug‘orish tizimini qurish uchun 265,0 mln.so‘m miqdorida kredit ajratish ma’qullangan. Korxona 37 Ga er maydonida uzumchilik bog‘ida tomchilab sug‘orish tizimini yaratib, ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish va 5 ta yangi ishchi o‘rni yaratishni rejalashtirilgan.