“Ipoteka-bank” АTIB boʼsh ish oʼrinlari yarmarkasida.

Joriy yilning 4 fevral kuni Yoshlar ijod saroyida boʼlib oʼtgan navbatdagi “JOB FAIR” boʼsh ish oʼrinlari yarmarkasida “Ipoteka-bank” ATIB faol ishtirok etdi.

 

Tadbir bevosita “Ipoteka-bank” ATIB xodimlari tarkibini zamon talablariga javob beradigan, chuqur bilim va koʼnikmalarga ega boʼlgan xodimlar bilan toʼldirish, mehnat bozorining professional ishtirokchilarini bank tarkibiga jalb etish boʼyicha zamonaviy bilim va koʼnikmalarga ega boʼlishida muhim zamin boʼlib xizmat qiladi.

 

Shu bilan birga “Ipoteka-bank” ATIB bir qator tajribali mutaxassislar bilan suhbat oʼtkazish kunini belgiladi. Aytish mumkinki mazkur tadbir “Ipoteka-bank” ATIB brendini mehnat bozorida yanada tanitish uchun muhim qadam boʼldi.


Ilovani yuklab oling

Ish haqi loyihasi va "Ipoteka-bank"ning boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga bir necha soniyada ega bo'ling

Скачать приложение Ipoteka Retail