Nashr etilgan: 23 aprel, 2024
Joriy yilning 19 aprelida “Ipoteka-bank” АTIB Bosh ofisi va filiallari xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali “Milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlarning hayotimizdagi oʼrni. Jamiyatda kitobxonlikni targʼib etish, buyuk allomalarning adabiy merosidan foydalanish masalalari” mavzularida ijodiy uchrashuv oʼtkazildi.
Tadbir davomida xalqimizga azaldan xos boʼlgan betakror fazilatlar, milliy qiyofaning saqlanib qolishi zamirida qadimiy anʼana va qadriyatlarimizning oʼrni yuqori ekanligi, oʼzi tugʼilib oʼsgan ona yurtiga ehtirom, oʼtgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, qichiklarga izzatda boʼlish kabi tushunchalarning bugungi kundagi ahamiyati haqida alohida toʼxtalib oʼtildi. Jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fani oʼqituvchisi Dilbar Hakimova oʼz nutqi davomida, jamiyatimizda shakllanib borayotgan oilalarda sogʼlom maʼnaviy muhitni shakllantirish, yoshlarimiz ongiga sogʼlom turmush tarzini shakllantirishni singdirish dolzarb masala sifatida qaralishi kerakligini taʼkidladi.
Uchrashuv davomida bankning faol xodimlari nutqi tinglandi.
Davra soʼnggida yoshlar oʼrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan fikrlar oʼrganildi.