Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

“Woman in bussines СА” dasturi doirasida navbatdagi qoʼshma loyiha Navoiy viloyatida

Nashr etilgan: 17 aprel, 2023

“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Biznes plan” hamda “Marketing” mavzularida joriy yilning 13-14 aprel kunlari ayol tadbirkorlar uchun navbatdagi trening Navoiy viloyat filialida oʼtkazildi. 

“Woman in bussines SА” dasturi doirasida ayollarning tadbirkor sifatida shakllanishida kompleks xizmat koʼrsatilishini yoʼlga qoʼyish, ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish koʼzda tutilgan boʼlib, ayol tadbirkorlar uchun biznesda barqarorlikni saqlab qolish va yangiliklar kiritib moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda ularga yangi xizmatlar koʼrsatish va hamkorlar topish boʼyicha maslahatlar berishni oʼz ichiga oladi. 

“Ipoteka-bank” АTIB hamda Oʼzbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hududlarda oʼtkazilayotgan treninglarimizda ishtirok etishingizni kutib qolamiz.
Keyingi manzil Buxoro viloyat filiali.