Bugungi kunda "Ipoteka-bank" АTIB tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan qator loyihalari amalga oshirib kelinmoqda.
Nashr etilgan: 4 noyabr, 2022
Xususan, Jizzax viloyati, Forish tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Osiyo taraqqiyot banki mablagʼlari hisobidan “Chorvachilik sohasida qoʼshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasi doirasida umumiy qiymati 17 855,8 mln.soʼm miqdoridagi baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun sunʼiy suv havzasi qurish loyihasiga 6 661,2 mln.soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 324 tonna baliq mahsulotlari (karpsazan) yetishtirishni, 15 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.
Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablagʼlari hisobidan “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qiymat zanjiriga investitsiyalarni qoʼllab-quvvatlash” loyihasi doirasida umumiy qiymati 7 173,8 mln.soʼm miqdoridagi limon yetishtirish faoliyatini tashkil etish uchun issiqxona qurish loyihasiga 5 000,0 mln.soʼm miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 64,1 tonna limon yetishtirishni, 9 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.
Toshkent viloyati, Oʼrtachirchiq tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʼlari hisobidan “Chorvachilik sohasini rivojlantirish” loyihasi doirasida umumiy qiymati 121 200,0 АQSh dollar miqdoridagi chorvachilik faoliyatini rivojlantirish uchun yirik shoxli qoramol sotib olish loyihasiga 30 000,0 АQSh dollar miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga 2 110,0 tonna sut mahsulotlari yetkazishni, 3 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.
Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanida faoliyat yurutuvchi mijozimizga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki mablagʼlari hisobidan “Meva-sabzavotchilik tarmogʼida qiymat zanjiriga investitsiyalarni qoʼllab-quvvatlash” loyihasi doirasida umumiy qiymati 642 894,8 АQSh dollar miqdoridagi meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun zamonaviy muzlatkich omborxonasi tashkil etish maqsadida asbob-uskunalar sotib olish loyihasiga 450 000,0 АQSh dollar miqdorida kredit ajratish maʼqullangan. Jamiyat yiliga ichki va tashqi bozorda 518 300,0 АQSh dollari qiymatida meva-sabzavotlar sotishni, 20 ta yangi ishchi oʼrni yaratishni rejalashtirgan.