Ipotekabankning barcha 39 ta filiali qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan ta’minlandi
Nashr etilgan: 19 iyul, 2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida mamlakatimizda iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish bo'yicha faol ish olib bormoqda.
Bundan tashqari, OTP Groupning 2030-yilgacha ugleroddan xoli bo‘lgan bankka aylanish majburiyati doirasida “Ipotekabank” sho‘ba korxonasi sifatida o‘z faoliyatini atrof-muhitga zarar yetkazmasdan amalga oshirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Bunga misol qilib keltirish mumkinki, “Ipotekabank” tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda va ayni paytda bank tomonidan umumiy quvvati 903 kVt bo‘lgan 39 ta filiallarning tom qismiga quyosh panellari o‘rnatildi, bugungi kunda elektr energiyasi iste’molining 30 foizi qoplanmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, “Ipotekabank” tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan quyosh panellari (608 kVt) bo‘yicha yagona onlayn monitoring tizimi yaratilgan. Shunga ko‘ra, bugungi kunga qadar 440 MVt muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarilib, buning natijasida 209 tonna zararli issiqxona gazlarining (GHG) atrof-muhitga tarqalishining oldi olindi. Kelgusida bank qolgan o'rnatilgan panellar bo'yicha ham monitoringni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.