Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

«Ipoteka-bank» ATIB 2018 yil yakunlari bo'yicha korporativ boshqaruv tizimini baholashni o'tkazish uchun mustaqil tashkilotni tanlash bo'yicha tanlov e'lon qiladi.

 Tanlovda ishtirok etish uchun Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha Komissiyaning 31.12.2015 yildagi 9-sonli bayoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksida belgilangan tashkilotlar taklif etiladi.

Tanlov taklifi quyidagi hujjatlarni o'z ichiga olishi lozim:

  • Ariza;
  • Tanlov ishtirokchisining Korporativ boshqaruv tizimini baholashni o'tkazishning dastlabki bahosi, muddatlari ko'rsatilgan taklifi va boshqa muhim ma'lumotlari;
  • Davlat ro'yhatidan o'tganligi to'g’risidagi guvohnoma, tegishli litsenziyalar, xodimlarning malaka sertifkati va attestatidan nusxa;
  • Tuziladigan shartnoma loyihasi (baholashni o'tkazish sanasi va shartlari, to'lov miqdori va muddati).

Takliflar “Ipoteka-bank” ATIB Tovar moddiy boyliklar va xizmatlar sotib olish bo'yicha tanlov komissiyasiga yopiq konvertlarda taqdim etilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflarni taqdim etish muddati - 29.03.2019y.ga qadar.

Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar “Ipoteka-bank” ATIB Tovar moddiy boyliklar va xizmatlar sotib olish bo'yicha tanlov komissiyasiga yopiq konvertlarda yuboriladi: 100000, Toshkent sh., Mirzo-Ulug’bek tumani, Shaxrisabz ko'chasi, 30.

Tanlov g’olibi etib umumlashgan holda bank uchun eng maqbul shartlarni taklif etgan ishtirokchi tan olinadi.

Ma'lumot uchun telefon: (998 78) 150-89-16, 150-01-91.

Elektron manzil: senbum@ipotekabank.uz