Iste’mol krediti

Iste’mol krediti

Miqdori:
40 500 000 so'm
Kredit maqsadi
Ijtimoiy ehtiyojlar uchun
Kredit muddati
36 oygacha

Kredit oluvchiga boʼlgan talab 18 yoshdan oshgan, doimiy ish joyi va rasmiy daromadga ega boʼlgan yoki pensiya daromadiga ega boʼlgan jismoniy shaxs
Kreditning maqsadi Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar sotib olish uchun
Kredit muddati 3 yilgacha
Kreditning eng yuqori summasi bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha 


Boshlangʼich badal miqdori Muddati   Kredit foizi (yillik)
boshlangʼich badalsiz
36 oygacha 25 foiz *
30 
foiz
* Ipoteka bankning ish haqi loyihasi ishtirokchisi boʼlgan tashkilotlar xodimlariga
 
Kredit maqsadi
Kredit miqdori
•       uy-joyni taʼmirlash va qurilish materiallari sotib olish
•       mebel va interer jixozlari sotib olish
•       tantana va marosimlarini oʼtkazish
•       maishiy, audio-video va boshqa texnikalari sotib olish
•       davolanish, dam olish va sogʼliqni tiklash
•       xususiy bogʼcha yoki maktablarda oʼqitish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha
 
 
•       moped (skuter) sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha
 
•       sport inventari va tovarlari sotib olish
•       turli oʼquv kurslarida oʼqish
•       zargarlik buyumlari sotib olish
•       kelin liboslari ijarasi
bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha
 

   Kredit olish uchun topshiriladigan xujjatlar:
•       kredit oluvchining arizasi;
•       pasport nusxasi;
•       ish joyidan soʼnggi 12 oy davomida olingan daromadlar yoki pensiya miqdori toʼgʼrisida maʼlumotnoma;
•       mahsulot, xizmatlar xarid qilish uchun shartnoma;
•       kredit taʼminoti xujjatlari.

  Taʼminot turlari:
•       yuridik va jismoniy shaxslarning kafilligi;
•       bank yoki sugʼurta tashkilotining kafolati;
•       sugʼurta tashkilotining sugʼurta polisi;
•       boshqa turdagi koʼchar va koʼchmas mulk garovi.

Isteʼmol krediti summasi eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha boʼlsa, taʼminot sifatida jismoniy shaxslarning kafilligi qabul qilinishi mumkin.

 Kredit boʼyicha bir oylik eng katta toʼlovi qarz oluvchining oʼrtacha bir oylik daromadning 70% miqdorida.



Kreditni hisoblash

Diqqat: Kreditning haqiqiy miqdori va shartlari kalkulyator hisoblash natijalariga bog'liq emas.
On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish