Ma'qul ipoteka

Ma'qul ipoteka

Miqdori:
400 000 000 so'm
Kredit maqsadi
Uy-joy sotib olish uchun
Kredit muddati
240 oygacha

Ushbu kredit ajratilishi vaqtinchalik toʼxtatilgan



Oʼzingiz va oilangiz kelajagini dadil rejalashtiring va yarating!  

Ipoteka-bankning ipoteka kreditlari — bu Sizning oʼz uyingizga ega boʼlish imkoniyati. 

Siz turar-joy sotib olish uchun zarur boʼlgan mablagʼni uzoq yillar davomida jamgʼarishingiz shart emas — bizda ipoteka kreditini rasmiylashtirib siz yangi kvartira yoki uyda yashashingiz mumkin.  Ipoteka krediti evaziga sotib olingan turar-joy sizning oʼz mulkingizga aylanadi!

Kredit maqsadi

- Аholini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida birlamchi va ikkilamchi bozordan yashashga yaroqli boʼlgan uy-joy sotib olish uchun. (Qoʼshimcha shartlar: koʼp kvartirali uy-joydan bitta kvartira; yakka tartibdagi uy-joy bitta oilaga moʼljallangan boʼlishi lozim);

- Qarz oluvchi yashab turgan oʼziga tegishli xonadonni taʼmirlash (remont) uchun; (taʼmirlash uchun ipoteka krediti pudrat qurilish tashkilotining hisobvaragʼiga yoki qurilish materiallari sotuvchi hoʼjalik yurituvchi subʼektining hisobvaragʼiga pul oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshiriladi)

Mijoz

Mijoz ariza bilan murojaat etgan vaqtda ipoteka krediti mavjud boʼlmagan va doimiy daromadga ega boʼlgan, 18 yoshga toʼlgan va undan yuqori jismoniy shaxs

Kreditning maksimal miqdori

- birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun uy-joy qiymatining 74 foizgacha (400 mln. soʼmdan oshmagan miqdorda);

- uy-joylarni taʼmirlash (remont) uchun 80 mln. soʼmgacha

Kredit muddati

- birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 240 oygacha;

- uy-joylarni taʼmirlash (remont) uchun 120 oygacha

Imtiyozli davr

Imtiyozli davrsiz

Kredit foizi

- boshlangʼich badal kamida 26% qoʼyish sharti bilan birlamchi va ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun yillik 17,5%

- uy-joylarni taʼmirlash (remont) uchun yillik 16,5%

Birgalikda qarz oluvchi

Doimiy daromadga ega boʼlgan hamda qarzdor bilan bir joyda roʼyxatdan oʼtib birga yashaydigan qarzdorning yaqin qarindoshlari

Toʼlov grafigi

Аnnuitet usulda

Qarz oluvchi/ birgalikda qarz oluvchiga kredit tarixi boʼyicha qoʼyiladigan talab

Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining oxirgi 12 oy davomida kredit toʼlovlari boʼyicha 30 kundan oshgan muddati oʼtgan qarzdorligi boʼlmasligi lozim

Ish staji

Oxirgi ish joyida kamida 6 oy ishlagan boʼlishi shart

Qarz oluvchi/ birgalikda qarz oluvchiga qoʼyiladigan talab

Qarz oluvchining (Аgar qarz oluvchining oylik sof daromadi yetmagan taqdirda, birgalikda yashovchi yaqin qarindoshlari, yaʼni birgalikda qarz oluvchilarni qoʼshishi mumkin) oʼrtacha oylik daromadi 15 mln. soʼmdan oshmasligi shart. Bunda, birgalikda qarz oluvchilar qoʼshilgan taqdirda, jami qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning oʼrtacha oylik maoshlari 15 mln. soʼmdan oshmasligi lozim.


Kredit olish uchun topshiriladigan xujjatlar:

- ariza;

- pasport nusxasi;

- daromadlari toʼgʼrisida maʼlumotnoma;

- dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;

- ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilishda, mustaqil baholovchi tomonidan taqdim etilgan hisobot;

- ikkilamchi bozordan uy-joy xarid qilinganda, sotuvchi va sotib oluvchi oʼrtasidagi qarindoshlik holatini oʼrganish maqsadida, zarur hujjatlar talab etiladi;

-mavjud uy-joylarni taʼmirlash (remont) uchun smeta.

Taʼminot turlari:

·       Sotib olinayotgan yoki taʼmirlanayotgan uy-joy.



Kreditni hisoblash

Diqqat: Kreditning haqiqiy miqdori va shartlari kalkulyator hisoblash natijalariga bog'liq emas.
On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish