Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Аhil, hamfikr jamoani shakllantirish yoʼlida navbatdagi tadbir Olmazor filiali hodimlari ishtirokida boʼlib oʼtdi

Nashr etilgan: 12 fevral, 2020

Ipoteka bank filiallarida transformatsiya jarayonlaridan muvafaqqiyatli oʼtish boʼyicha seminar treninglar boʼlib oʼtmoqda. Navbatdagi trening Olmazor filiali xodimlari ishtirokida boʼlib oʼtdi


Dastlab treningda bosh bank vakillari tomonidan transformatsiya jarayoniga oid prezentatsiya namoyish etildi.

Shundan soʼng trening filial xodimlari va bosh bank vakili oʼrtasida ochiq muloqot koʼrinishida davom etdi. Keyingi bosqichda bosh bank tomonidan jalb qilingan psixolog-trener tomonidan jismoniy, aqliy va mantiqiy mashqlarga boy boʼlgan oʼyinlar oʼtkazildi.


Xodimlar trener tomonidan tashkillashtirilgan sakkiz xil toʼsiqlarda oʼtishdi. Har bir toʼsiqdan soʼng xodimlarning jamoaviy harakatlari jipslashib bordi.

Bosh bank tomonidan tashkillashtirilgan tushlikdan soʼng, xodimlarga “lirik chekinish” yoʼnalishida turli xil raqslarga boy musobaqalar oʼtkazildi.


Dastur davomida mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarham muhokama etildi va barcha xodimlar va ularning oila aʼzolarini yurt kelajagiga befarq boʼlmaslik va siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etishlariga chaqirildi.


Dastur yakunida seminarda ishtirok etgan har bir ishtirokchining koʼzida yangi bir uchqun, oʼziga boʼlgan mustahkam ishonch paydo boʼlganini, bank yagona maqsadiga erishish yoʼlida jamoaviy harakat qilgan holda oʼz hissasini qoʼshish istagi ortganini koʼrishimiz mumkin edi.


Filial xodimlari tomonidan bosh bank rahbariyati va vakillariga bildirilgan samimiy tashakkurlar buning isbotidir.