Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ahil, hamfikr jamoani shakllantirish yo‘lida

Nashr etilgan: 20 noyabr, 2019

Ipoteka bank filiallarida transformatsiya jarayonlaridan muvafaqqiyatli o‘tish bo‘yicha seminar treninglar bo‘lib o‘tmoqda. Kun tartibi bo‘yicha xodimlar uchun ertalabki nonushta taqdim qilindi. 

Dastlab treningda bosh bank vakillari tomonidan transformatsiya jarayoniga oid prezentatsiya namoyish etildi. 

Shundan so‘ng trening filial xodimlari va bosh bank vakili o‘rtasida ochiq muloqot  ko‘rinishida davom etdi. Keyingi bosqichda bosh bank tomonidan jalb qilingan psixolog-trener tomonidan jismoniy, aqliy va mantiqiy mashqlarga boy bo‘lgan o‘yinlar o‘tkazildi. 

Xodimlar trener tomonidan tashkillashtirilgan sakkiz xil to‘siqlarda o‘tishdi. Har bir to‘siqdan so‘ng xodimlarning jamoaviy harakatlari jipslashib bordi. 

Bosh bank tomonidan tashkillashtirilgan tushlikdan so‘ng, xodimlarga “lirik chekinish” yo‘nalishida turli xil raqslarga boy musobaqalar o‘tkazildi.

Dastur davomida mamlakatimizdagi  siyosiy partiyalar saylov oldi dasturlari ham muhokama etildi va barcha xodimlar va ularning oila a’zolarini yurt kelajagiga befarq bo‘lmaslik va saylov jarayonlarida faol ishtirok etishlariga  chaqirildi. 

Dastur yakunida seminarda ishtirok etgan har bir ishtirokchining ko‘zida yangi bir uchqun, o‘ziga bo‘lgan mustahkam ishonch paydo bo‘lganini, bank yagona maqsadiga erishish yo‘lida jamoaviy  harakat qilgan holda o‘z hissasini qo‘shish istagi ortganini ko‘rishimiz mumkin edi. 

Filial xodimlari tomonidan bosh bank rahbariyati va vakillariga bildirilgan samimiy tashakkurlar buning isbotidir.