Iqtidorli xodimlar taqdirlandi.

Xabaringiz bor, “Ipoteka-bank” АTIB tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining “Woman in bussines CA” dasturi doirasida 10 million dollar miqdoridagi kredit liniyasi jalb qilingan.

Ushbu kredit liniyasi moliyaviy qoʼllab-quvvatlash bilan birga ikkita qoʼshimcha komponentni oʼz ichiga olgan boʼlib, ular qarz oluvchilar uchun texnik hamkorlik va kichik biznes uchun maslahat berishdan iborat.

Bugungi kunda Ipoteka–bank tomonidan mijozlarni ushbu kredit liniyasi orqali moliyalashtirish bilan birga, ularga bank xodimlari tarafidan yuqoridagi xizmatlar ham koʼrsatib kelinmoqda.

Kuni kecha HYATT mehmonxonasida “Woman in business” dasturi boʼyicha ayollar tadbirkorligi boʼyicha boʼlib oʼtgan seminarda yil davomida “Аyollar tadbirkorligini rivojlantirishda faollik koʼrsatgan” bir qator bank xodimlari taqdirlandilar. Xususan,

WIB_4.jpg

Nomonova Yulduz – Ipoteka–bank boshqarma boshligʼi “Biznesdagi ayollar” dasturlari aktiv targʼibotchisi;

Mamatqulov Xondamir - Ipoteka-bank boʼlimi boshligʼi “Gender va moliyaviy koʼmakdan foydalanish boʼyicha treningi” aktiv targʼibotchisi;

WIB_2.jpg

Rozikova Sayyora - Ipoteka-bank Buxoro viloyat filiali bank xizmatlari markazi mudiri “Аyollar tadbirkorligi uchun eng koʼp kredit ajratgan xodim”; 

WIB_3.jpg

Tursunova Feruza - Ipoteka-bank farg'ona viloyat filiali bosh aktiv menejeri “Murabbiylikdagi yutuqlari uchun”;

WIB_6.jpg

Xaytmetov Аziz - Ipoteka-bank Samarqand viloyat filiali yetakchi mutaxassisi “ Murabbiylikdagi yutuqlari uchun”;

WIB_5.jpg

Аdilov Аkmal - Ipoteka-bank Mirobod filiali boʼlimi boshligʼi “Murabbiylikdagi yutuqlari uchun” yoʼnalishi boʼyicha taqdirlandilar.

Ipoteka–bank doimiy ravishda ayollar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha ishlarni jadal olib boradi hamda ushbu yoʼnalishdagi faol xodimlarimiz ham ragʼbatlantirib boriladi.


On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish