Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Taʼzim sizga, aziz ustozlar!

Nashr etilgan: 29 sentyabr, 2021

"Ipoteka-bank" АTIB xodimlari tomonidan ustoz-murabbiylar holidan xabar olish odat tusiga kirgan. 
Ustoz bamisoli bogʼbon kabidir. U yetishtirgan gul esa koʼklamni obod qiladi. Ustozlarning shogirdlarga beradigan bilimi haqiqiy ma'noda butun umrlik yoʼldosh boʼlib xizmat qiladi.



 Аnʼanaga koʼra bu safar ham bir guruh xodimlar 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan fidoyi, jonkuyar ustozlar xolidan xabar olishib, suhbatidan bahramand boʼlishdi. Аna shunday tajribali kasb mahoratiga ega ustozlardan biri Timur Saidovich Аzimov hisoblanadi. Koʼp yillar davomida bank-moliya tizimida faoliyat koʼrsatib, soha rivojiga ulkan hissa qoʼshgan fidoyi ustozimiz, hozirgi kunda bir-biridan shirin nevaralari quchogʼida keksalik gashtini surmoqda. 



Men bir narsadan mamnunman,- deydi ustoz. Mening shogirdlarim bugungi kunda oʼz sohasining yetuk mutaxassislari boʼlib yuqori lavozimlarni egallab kelishmoqda. Shuningdek, fidoyi kadrlarni toʼgʼri tanlash, jamoa ahilligini saqlab qolish avvalo, rahbarning odilona harakatlariga bogʼliq ekanligini aytib oʼtdilar. Shuningdek, ustoz oʼzining esda qolarli, yoqimli oʼtmish xotiralari bilan boʼlishib, barchaning yuzida tabassum paydo boʼlishiga sababchi boʼldilar. 


Ilm oʼchogʼi boʼlgan barcha ustozlarimizga mustahkam sogʼliq tilagan holda doimo ibrat mashʼali kabi yonib turishlariga tilakdoshmiz.