Telegram tarmogʼida turli xil firibgarliklar avj olganligi haqida Ipoteka-bank ogohlantiradi.

Bank nomidan muloqatga kirishib onlayn mikroqarz yoki boshqa turdagi kreditlar taklif etish shu kabi firibgarliklarning yana bir turidir. 

Firibgarlar bank xodimi sifatida oʼzlarini tanishtirib kredit rasmiylashtirish uchun oldindan toʼlovlar toʼlangandan soʼng kredit ajratilishini maʼlum qilmoqdalar. Kredit rasmiylashtirish uchun mijozlardan pasport seriya raqamini va bank kartasi raqami soʼralmoqda. Mijoz bank karta raqamini oshkor qilgandan soʼng undagi mablagʼlarni toʼliq oʼzlashtirib olmoqdalar. 

Hurmatli fuqarolar, bank kartangizdagi quyidagi maʼlumotlarni 

  •  ism va familiya;
  •  kartani amal qilish muddati;
  •  karta boʼyicha kelgan SMS kodlarni hech kimga bermang.


Ipoteka-bank ushbu firibgarliklarga hech qanday aloqasi yoʼqligini, bank mutaxassislari telegram orqali kredit taklif etmasligini yana bir bor eslatib oʼtadi!

Kreditlar xaqida toʼliq maʼlumotni 78-150-11-22 yoki 1233 raqamlari orqali oling.



On-line maslahatchi
Qo'ng'iroqni buyurtma qilish