Ma'lumot uchun: (78) 150-11-22

Aloqa markazi:  1233

Ipoteka-bank xodimlari Buyuk Britaniyada tahsil oladilar

Nashr etilgan: 22 oktyabr, 2021

Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbuslari bilan mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʼyicha “EL-YURT UMIDI” jamgʼarmasi tashkil etilgan.
Jamgʼarma tomonidan 2021-2022 oʼquv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda tahsil olish boʼyicha oʼtkazilgan stipendiya tanlovlarida Ipoteka–bankning ikki nafar xodimi stipendiatlar qatoridan joy oldilar. 

Endilikda ular Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlarida, xususan:
  • Operatsiyalar departamenti bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelayotgan Marksov Ozodbek Muzaffar oʼgʼli Swansea Universitetida  “MSc Finance and Big data analytics” yoʼnalishida;
  • Strategiya departamenti analitigi Mavlanov Gʼiyosiddin Xalimovich esa Sussex Universitetida  “LLM International Financial Law” yoʼnalishida magistratura taʼlim dasturi boʼyicha tahsil oladilar.

Biz Gʼiyosiddin va Ozodbeklarga oʼqishlarida omad tilaymiz. Ularni yurtimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʼshadigan munosib mutaxassislar boʼlishini tilab qolamiz.